Ateroskleroz kasalligi

SavollarМавзу: KardiologiyaAteroskleroz kasalligi
0 +1 -1
Gulnur 34 yosh сўради

Assalom alaykum hurmatli sayt ijodkorlari.
Menga ateroskleroz kasalligi haqida umumiy ma’lumot bersangiz bu haqida ma’lumot deyarli topa olmadi. Rahmat.

1 та жавоб
0 +1 -1
Avitsenna.uz jamoasi жавоб берди

Ateroskleroz — yog‘simon modda (lipoid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to‘planish va biriktiruvchi to‘qimaning usib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. Yaxshi ishlab turgan organni qon bilan ta’minlab kelayotgan arteriyada ateroskleroz paydo bo‘lishi sababli qon oqimi yetishmay qoladi, bu organning funksional imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.
Aterosklerozning avj olishi, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (VOV) taklifiga ko‘ra, besh davrga bo‘linadi:
1. Lipoizod — hamma yoshdagi kishilar qatori bolalarda ham paydo bo‘ladi, tomir ichki qavatining yuzasida oqsil, yog‘, xolesterin to‘pdanadi. Bu moddalar intima sirtida sariqdog‘, iz shaklida ko‘rinadi. Keyinchalik ular so‘rilib, tuzalib ketadi yoki lipoizod boshqa sabablarga ko‘ra liposklerozga o‘tadi.
2. Liposklerozda oqsil va yog‘ moddalar orasida biriktiruvchi to‘qima rivojlanib, intimada katta-kichik oq g‘urrachalar paydo bo‘ladi. Liposkleroz aterosklerozning uchinchi davriga o‘tishi mumkin.
3. Aterosklerozda liposkleroz g‘urrachalarining hujayralari, tolalari, oqsil, yog‘ moddalari parchalanib ketadi.
4. Aterokalsinozda qon tomirlarining o‘zgarayotgan joylariga ohaktuzlari yig‘iladi.
5. Yaralanish — ateromatoz g‘urrachalar tomir bo‘shligiga tushib, g‘urrachalar o‘rnida katta-kichik yaralar hosil bo‘ladi.
Tomir devoridagi o‘zgarishlar murakkab asab mexanizmlari ishiningbuzilishi, odam tug‘ilgandan boshlab yurak-tomir tizimi faoliyatini uzluksiz boshqarib turadigan gormonal va boshqa bioximiyaviy mexanizmlarning izdan chiqishi oqibatida vujudga kelishi anikdangan.
Hozirgi zamon kishisi hayotidagi salbiy omillar quyidagilardir: mushak aktivligining juda kamayib ketishi — gipodinamiya, asab-emotsional zo‘riqish, yog‘ va uglevodlar miqsori, ko‘p ovqatlarni iste’mol qilish, ovqatsa vitamin balansining buzilishi, ko‘p chekish va spirtli ichimliklar ichish.
Ateroskleroz profilaktikasi sanab o‘tilgan salbiy omillarning yo‘qotilishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Ovqatga organizmning yog‘ga bo‘lgan sutkalik ehtiyojining yarmini qoplaydigan miqdorda o‘simlik moylari ishlatish lozim, chunki bunday moylar xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.
Ateroskleroz paydo bo‘lishi va rivojlanishi arterial qon bosimining ko‘tarilishiga bevosita bog‘liq. Ateroskleroz avj olishiga sabab bo‘ladigan kasalliklardan biri qandli diabetdir. Aterosklerozga moyillik keyingi avlod vakillarining ma’lum bir qismi orasida irsiy yo‘l bilan o‘tadi; ota-onasi ateroskleroz bilan og‘rigan shaxslar irsiy moyillikka yo‘l qo‘ymaslik uchun uning oldini olish choralarini ko‘rishlari zarur.
Aterosklerozda barcha arteriyalarning umumiy zararlanishi kam uchraydi. Asosan, bosh miya, yurak, buyrak va oyoqtomirlari zararlanadi. Bosh miya tomirlarida ateroskleroik o‘zgarishlar avjiga chiqqanda qon aylanishining o‘tkir buzilishi — insult ro‘y beradi. Insult — miyada qon aylanishining to‘satdan buzilib, miya to‘qimasining zararlanishi va faoliyatining izdan chiqishi. Bir necha xil bo‘ladi: gemorragik insult — bunda miyaga qon quyiladi; ishemik insult — ishemiya (kamqonlik) natijasida ro‘y beradi; trombotik insult — miya tomirlarida tromb (laxta) tiqilishidan kelib chiqadi; embolik insult — miya tomirlariga embol (qon oqimiga tushgan yoki chetdan kirgan va qon tomiriga tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan biror modda, zarra, havo va hokazo) tiqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Yurak mushagini qon bilan ta’minlaydigan tomirlar ateroskleroz toj tomirlar yetishmovchiligining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday yetishmovchilik oqibatida stenokardiya, miokard infarktii, aterosklerotik kardioskleroz va yurakning boshqa kasalliklari rivojlanishi mumkin. Oyoq arteriyalari sklerozida oyokdar bo‘shashadi, boldir mushaklari og‘riydi va tortishadi, yurishda o‘zgarish kuzatiladi. Ateroskleroz asoratlari tromboz, emboliya, yurak mushakto‘qimasining irishi, miya to‘qimasining atofik o‘zgarishlari, miyaga qon quyilishi, buyrak, jigar to‘qimalarida biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi bilan sodir bo‘ladi.
Kardioskleroz (miokardioskleroz) — yurak mushaklarining qon bilan yetarli ta’minlanmasligiga yoki yallig‘lanishi sababli unda biriktiruvchi to‘qima (chandiq) hosil bo‘ladi. Turli infeksion kasalliklar, revmatizm va bosh-qa kasalliklarda yurak mushaklariningo‘tkir va surunkali yallig‘lanishi (miokardit), aterosklerozda yurakning yaxshi oziqlanmasligi, spirtli ichimliklarga ruju qilish, moddalar almashinuvining buzilishi va bogpqalar kardiosklerozga sabab bo‘ladi. Mushak to‘qimasi ko‘proq atrofi yalanganda va chandiq kengroqtarqalganda yurak faoliyati buziladi. Dastlab bemor salga toliqadi, jismoniy ish qilganda halloslaydi, yuragi tez uradi, ritmi o‘zgaradi. Keyinchalik qon aylanishi buziladi, oyoq shisha boshlaydi. Kardiosklerozning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilish kerak. Oldini olish uchun fizkultura va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniktirish, normal ovqatlanish, har xil kasalliklarni o‘z vaqtida davolatish zarur.
Tib.islom.uz