Boshda kuchli og‘riq

SavollarMavzu: NevropatalogiyaBoshda kuchli og‘riq
0 +1 -1
Otabek 25 yosh 8 месяцев oldin so‘radi

Assalomu aleykum! Ismim Otabek. Yoshim 25 da.
Turmush o‘rtog‘im 25 yoshda. 3 oylik chaqalog‘imiz bor. Oiladagi kelishmovchiliklar va meni injiqliklarim tufayli u ko‘p siqildi. Va doimiy boh og‘rig‘ini ortirib oldi. Ikki kun ilgari janjallashib turganimizda birdan boshini ushlab yerga yotib qoldi. Hushini yo‘qotdi. Tili orqaga ketib qoldi.  Nafas olmay qoldi. Og‘zini ochib tilini tortganimdan keyin o‘ziga keldi. Shundan keyin miyyasi sanchib qolyapdi.
Yosh bo‘lganim uchunmi bunaqa bo‘lishini o‘ylamadim. U shu ahvolga kelganda butun hayotim ko‘z oldimdan o‘tdi. Uni naqadar sevishimni tushindim. Endi uni hech qachon asabiylashtirmiman. Faqat o‘shandan beri bir savol hayolimdan ketmaydi. Nimaga hushidan ketdi? Nimaga boshi sanchib qolyapdi? Boshida o‘sma paydo bo‘lmadimikan ish qilib? Bu savol ikki uch kun ichida ancha umrimni qisqartirdi.
Savolim: Shunaqa bo‘lishi mumkunmi? Shifokorga bormasdan shunarsa bor yo‘qligini bilish imkoni bormi?
Javob uchun  oldindan raxmat.

1 ta javob
0 +1 -1
Avitsenna.uz jamoasi Muallif 2 месяца oldin javob berdi

Sababini o‘zingiz aytib turibsiz. Kuchli stress sabab bo‘lgani bu holat paydo bo‘lishiga, lekin qaysi kasallik rivojlanganligini tekshiruvlarsiz aytish qiyin. O‘sma bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nevropatolog qabuliga olib boring.
Bolangizning salomat o‘sishi, o‘zingizning salomat, tinch-totuv yashashingiz  uchun ayolingiz psixik jihatdan ham sog‘lom bo‘lishi lozim.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, davolanishdan keyin ham surunkasiga asabiylashish davom etaversa,  hayot uchun xavfli kasalliklarni kelib chiqadi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida quyidagi maqolalarni o‘qib chiqishingiz mumkin:

Your Answer