Asab buzilishi

AvatarGuli soʻradi

Assalomu alaykum meni yoshim 23da xozirda 3 ta qizim bor men rosa kup asabiylashaman chaqaloq sal oshiqcha injiqlik qilsa kutara olmayapman? iltimos maslaxat bersez

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Ko‘p asabiylashish salomatlik uchun zarar. O‘zimizni nazorat qilib, to‘g‘ri yo‘lga solsak hammasi yaxshi bo‘ladi. Asab tolalaringizni va sog‘lig‘ingizni asrash uchun quyidagi tavsiyalarga rioya eting.
Tavsiyalar:

  • Har kuni o‘zingiz va atrofingizdagilarga “Bugun qanday yaxshi voqealar bo‘ldi-a?” deya savol bering. Ijobiy narsalarni eslash sira ortiqchalik qilmaydi.
  • Sizning qo‘lingizda bo‘lmagan yoxud o‘tib ketgan ishlar uchun asabiylashmang.
  • O‘zingizni hayotingiz bilan yashang, o‘zganiki bilan emas. Birovlarning muammolaridan uzoq yuring.
  • Mayda, ammo eng zarur muammolarni tezroq hal eting. Katta ishlarni qismlarga bo‘lib oling.
  • Eslashga arzigulik voqea-hodisalarni suratlarga, kundaligingizga muhrlang.
  • Noxush holatlarni hazil-mutoyiba bilan yengib o‘ting.
  • Dilingizga og‘ir botadigan gap aytishganida “Manzilda adashishdi”, dengda, u haqda unuting.
  • “Nimaiki bo‘lmasin, bari yaxshilikka” maqoli doim yodingizda tursin.
  • Kuchli psixologik jarayonga duch kelganda, tezda tinchlanish uchun qaynoq, achchiq qahva iching, raqsga tushing, uy yoki ishdan chiqib, toza havoda sayr qiling.

https://avitsenna.uz/asabiylashish/