Bachadon haqida

AvatarFAZILAT soʻradi

Turmushga chiqmasimdan avval UZI ga tushganimda bachadon ulchami 47×45×40mm edi turmushga chiqqanimga 1yildan oshdi ammo xaligacha xomilador bulmadim doktorga bordim UZI qildrigandim ular bachadonim ulchamini 37,5×26,7×31,3mm ya\’ni ,,detiski matka\» deyishdi? Ammo man xayronman turmushga chiqmaganimda bachadonim ulchami miyorida bulgan ammo turmushga chiqqanimdan keyin bu uzgarishi mumkunmi? Buni qanday va qancha vaqt davolansam xomilador bulaman? Nimalar qilishim kerak?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Bachadon gipoplaziyasi sababli homiladorlik yuzaga kelishi mumkin. Ikki xil keskin farqlanuvchi natijaga xatolik sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu kasallikni ginekolog hamkorligida maxsus davo talab etiladi.  Samarali davolash mavjud. Bemorga gormonal terapiyasi buyuriladi va ma’lum vaqtdan keyin nazorat ultratovush tekshiruvida bachadon kattalashib borayotganini ko’rish mumkin.
Kurs odatda 3-6 oy, ba’zan bir yil davom etadi. Agar homiladorlikka bundan boshqa qarshilik bo’lmayotgan bo’lsa, kursdan keyin bemor homiladorlikni rejalashtirishi mumkin. Tavsiyamiz, malakali ginekolog ko’rigidan o’tib davolaning.