Salom. Menga Burun to’sig’i qiyshayishi tashxisi qo’yilgan. Buni operatsiyasi qanday o’tkaziladi. Iltimos batafsil ma’lumot bering. Javob uchun oldindan rahmat.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Burun to‘sig‘i qiyshiqligi – burun orqali nafas olishni qiyinlashtiruvchi burun to‘sig‘ining suyak yoki tog‘ay qismlarini tabiiy (o‘sish xususiyati bilan bog‘liq) yoki orttirilgan (jarohat bilan bog‘liq) qiyshiqligi. Burun to‘sig‘i qiyshiqligi otorinolaringologiyada ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Burun to‘sig‘ini davolash faqatgina jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Hozirda burun to‘sig‘ida bajariladigan jarrohlik usullarini umumiy qilib «septoplastika» deb ataladi.
Burun to‘sig‘ida bajariladigan jarrohlik usullari
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
- Killian bo‘yicha burun to‘sig‘i shilliq osti qavatini kesish usuli. Bu usul 14 yoshdan amalga oshiriladi. Lekin zarurut tug‘ilsa 6 yoshdan so‘ng ham bajarilishi mumkin. Jarrohlik amali mahalliy yoki umumiy endotraxeal og‘riqsizlantirish ostida bajariladi. Zamonaviy tibbiyot natijasi o‘laroq bu amaliyotni deyarli qonsiz bajarish imkoni mavjud.
- Voyatshek bo‘yicha aylanma kesish usullari qo‘llanadi. Bu jarrohlik amalida burun to‘sig‘ining faqat qiyshaygan maydoni olib tashlanadi, shuning uchun bunday jarrohlik amallari konservativ septoplastika deb ataladi.