Burunda yiring

AvatarНурали soʻradi

Avvalam bor assalomu aleykum. Meni savolim quydagicha. Meni 7 yoshli o’g’ilchamni burun soxasida muammo paydo bo’ldi, burni bitib og’izdan nafas olyapti, vrachlarga murojat qildik ular bolani burun soxasini rengen qilishdi va rengenda qora narsa ko’rindi doktorlar bolani burnini yuvdirish kerak bo’lmasa miyaga, ko’zga tasiri bor deyishyapti. Sizlardan iltimos nima maslaxat berasizlar yuvdirish kerakmi yoki dori-darmon boshqa muolaja bilan tuzatsa bo’ladimi? Yuvdirgizsam keyinchalik bolaga asorati ta’sir qilmaydimi?Javob uchun oldindan raxmat!

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Vrach, LOR larning maslahatlariga amal qilishingizni soʻraymiz. Burun boʻshliqlarining yalligʻlanish kasalliklarda boʻshliqlarni maxsus asbobda “yuvish” davolashda samarali usullardan hisoblanadi. Vrachlar aytganidek bu boʻshliqdagi yalligʻlanishlar koʻz va miyaga xavfli asorat berishi mumkin.

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun: https://avitsenna.uz/otkir-sinusitlar/