Salom.Yoshim 30 da. 20 kunlik qiz bola chaqalog’im bor. Sog’lom tug’ilgan, faqat tug’ilganidan buyon kôzi tinimsiz yoshlanib, kôzidan axlat chiqarayapti. Sulfasil degan dori tomizdik, ta’sir qilmadi. Nima maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
Yozishingizga qaraganda, qizingizda koʻz yoshi xaltachasining yalligʻlanishi – dakriotsistit – kuzatilayotganga o’xshaydi. Tavsiyamiz bolangizni oftalmolog ko’rigidan o’tqazing. Tezda davolash lozim. Qo’shimcha ma’lumot olish maqsadida quyidagi maqolani o’qishingizni tavsiya qilamiz: https://biosfera.uz/ensiklopediya/dakriotsistit/