Epelipsiya nasldan naslga oʻtadimi?

Avatarsardor soʻradi

Assalomu alaykum doktor. Ukamda 10 yildan buyon tutqanoq kasalligi bor. Doimiy ravishda fenlepsin ichib yuradi 200mg, 2 maxal. Har doim xam xushidan ketmaydi, baʼzida bilib oʻtkazib yuboradi. Aytingchi, uylangandan keyin farzandiga oʻtadimi bu kasallik? Yoki oldini olsa boʻladimi? Oldindan rahmat

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Epilepsiya turiga koʻra nasldan naslga irsiylanishi farqlanadi.

  1. Simptomatik epilepsiya – bosh miyaning biror-bir kasalligi sababli (oʻsma, meningit, leptomeningit, bosh miya jarohatlari va boshqa sabablar) rivojlangan epilepsiya.
  2. Idiopatik epilepsiya – kelib chiqishida nasliy omil ahamiyatli boʻlgan epilepsiya. Ularda bosh miya kasalliklari aniqlanmaydi.
  3. Kriptogen epilepsiya – sababi topilmagan epilepsiya. Bunday bemorlarda epilepsiya aniqlanadi, biroq uning sabablarini aniqlab boʻlmaydi.

Idiopatik epilepsiya nasldan naslga oʻtishi mumkin. Maʼlumotlarga koʻra 10 foiz holatlarda epilepsiya ota-onadan bolaga irsiylanishi mumkin.