Erkaklarda gormonal buzilish

AvatarFeruz soʻradi

Yoshim 25 da uylanmaganman. 4 yil oldin Ginekomastiyani jarrohlik yuli bilan davolatgandim. Hozirda yana Prolaktin gormoni kupayib, testosteron normadan kamayib bormoqda. Gipofiz toza. Bu gormonal kasallikning sababi nimada va uni qanday davolash mumkin.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Erkaklarda prolaktinning oshishi sabablari turlicha:
Gipotalamusning ishini buzadigan kasalliklar:

  • Neyroinfeksiya.
  • Bosh miya oʻsmalari.
  • Bosh miya travmalari.
  • Metabolik kasalliklar.

Gipofiz bezi kasalliklari:

  • Mikroprolaktinoma va makroprolaktinoma.
  • Aralash turdagi adenomalar.
  • Boʻsh turk egari sindromi.
  • Kraniofarengioma.
  • Kistalar.

Boshqa kasalliklar:

  • Gipoterioz.
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi.
  • Jigar sirozi.

Kasallik kelib chiqish sababiga ko’ra davolanadi.