Fibroscan natijasi

SavollarMavzu: VirusologiyaFibroscan natijasi
Jahongir soʻradi

Assalomu alaykum. Berilgan savollar ichidan aynan meni savolimga javob yo‘qligi uchun yozyapman. Ayamni qonida gepatit C (1b) virusi bor. Yaqinda davolanish uchun fibroscan qildirdik. Natijasi 24.3 kPa chiqdi. Hozirda “Sofgen” va ” Virdak” dorilarini ichyapti. Bu dorilardan so‘ng natija pastlashi mumkinmi? Kasallik holati uchun shu dorilarni ichish yetarlimi? Javoblar uchun oldindan rahmat.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz

2 ta javob
ATF javob berdi

F4 – 14 kPa va undan yuqori. Bu qiymat deyarli barcha jigar hujayralari biriktiruvchi to’qimalar bilan almashganda, sirrozni bildiradi.
Yuqoridagi preparatlardan tashqari vrach tomonidan tayinlangan parhezga hamda boshqa tavsiyalarga amal qilishlari kerak. Davolovchi vrachlaringiz bilan maslahatlashib ish tutinglar.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz

ATF javob berdi

https://atf.uz/savollar/gepatit-c-fibroskaner-natijalari/

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz