Gepatit C fibroskaner natijalari

AvatarBekpulat soʻradi

Assalomu alaykum! Yaqinda tanishim fibroskanerga tushganda median 6.8, IQR 1.2, IQR*/med 18% natijasi berildi bu nimani anglatadi, xaflilik darajasi haqida maʼlumot bersangiz bu jigar serrozi emasmi?
Qanday parhez tavsiya qilasiz? Nima istemol qilish kerak, nimalardan tiyilish kerak (kundalik mahsulotlarni nazarda tutayapman, alkagol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaydi) javob uchun oldindan rahmat!

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

F1 – 5,9 -7,2 kPa-fibrozning dastlabki bosqichi.
F1 – F3 natijalari parenxima oʻrniga biriktiruvchi toʻqima hosil boʻlishi natijasida jigarning elastikligini pasayishidir. Bu B va C gepatitlari bilan kasallanganda sodir boʻladi. Bu bosqichda darhol barcha mumkin boʻlgan davolanish choralarini qoʻllash kerak. Bunda asosiy xavf jigar fibrozining jadal rivojlanishi: bir necha yillar ichida bemorlarda F1 natijasi F3 ga aylanishi mumkin. Shu sababli davolanish imkoniyatini qilish lozim.
Tavsiyamiz: gepatolog bilan maslahatlashing va muolaja oling. Quyidagi maqola orqali jigar kasalliklarida, jumladan virusli gepatit C kasalligida isteʼmol qilish mumkin va taʼqiqlangan mahsulotlar haqida maʼlumot olishingiz mumkin boʻladi: Jigar kasalliklarida qilinadigan parhezlar