Mening 3 yoshli o‘g‘lim gepatit C bilan kasallanibdi, shuni qay holda davolash lozim?
Davoni qanday qo‘llashni tushuntirib bersangizlar.
Kasallik borligi o‘tqazib yuborilmasdan aniqlanibdi. Bolangizdagi bu kasallikni, gepatit C virusni davolash mumkin. Buning uchun aniq ma’lumotlar kerak. Va shu asnosida berilgan tavsiyalarga amal qilish kerak. Agar imkoningiz bo‘lsa, Respublika viruologiya ilmiy-amaliy tekshiruv institutiga kelib qayta tekshiruvdan o‘tqazing bolangizni, chunki viloyatlardagi ba’zi lobaratoriyalar, gepatitlarni aniqlashda noto‘g‘ri tahlil qilganlib, xatoliklarga duch kelayotganligi haqida ma’lumotlar bor.
O‘sha markazda respublikamizning eng kuchli virusologlari yig‘ilishgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra vrachlar kerakli maslahatlarni berishadi.
Salomat bo‘ling!
Assalomu alaykum menga gepatit c bn davolashda kuchli bolgan klinikalar manzili kerak edi onam shu kasallik bn davolanyaptilar iltimos shu manzillarni aniq holda berasangiz oldindan rahmat