Giperdinamik bolalar haqida

AvatarIndiana soʻradi

Assalomu alaykum. Iltimos, giperdinamik kasalligi haqida to’liq ma’lumot bersangiz. 3 yoshli qizimga shunaqa tashxis qo’yishdi. Bolaga psixologik tomondan qanday munosabatda bo’lgan maqul?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Sindrom kompleks tarzda davolanadi. Bunda har bir bolaning holatiga individual yondoshiladi.
Bolaning fe’l-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida psixoterapiya, pedagogik va neyropsixologik usullar qo‘llaniladi.
Davolash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • ota-onalar va pedagoglar bolalarga uyda yoki maktabda murakkab talablar qo‘ymasliklari kerak;
  • kundalik aqliy va jismoniy vazifalarni qisqa hamda yaqqol tushuntirish zarur;
  • bolalarning har kungi hatti-harakatlarida tartib-intizomni shakllantirish lozim;
  • bola bilan xotirjam va yumshoq ohangda so‘zlashish maslahat beriladi;
  • har kungi suhbatlarda bolaga “yo‘q, aslo mumkin emas” degan so‘zlarni qo‘llamagan ma’qul.
  • Giperfaollik sindromini davolash ota-onalar va nevropatolog shifokor hamkorligida olib boriladi.
    Ayrim vaqtlarda zarur dori-darmonlar ham buyuriladi.