Assalomu aleykum. Men ovqatlanganimdan keyin oshqozon va uni atrofida kuchsiz og’riq paydo bo’lyapti. Kekirish paydo bo’lyapti. Qornim dam bo’lyapti. Ko’ngil aynigan holatlar ham bo’ldi. Axlat yashil sifat rang bo’lib qoldi oxirgi paytlarda. Harakatim kam. Yog’li ovqatlar kop iste’mol qilaman. Ovqatlangandan keyin harakat yo’q deyarli. Avval ham oshqozonim og’rib turardi vaqt-vaqti bilan. Bu boshlanganiga 1 oylar boldi. Doktorga borishni iloji yoq. Iltimos yordam bering. Allaxol preparatini ichib yursam foyda bo’ladimi? Javob uchun rahmat oldindan!
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Yozganingizga qaraganda oshqozon shilliq qavatining surunkali yallig’lanish holatiga o’xshayabdi. Bunday holatda, albatta vrach gastroenterolog, terapevtga ko’rinib zarur tekshiruvlardan o’tib, aniq tashxis qo’yilgach davolanish zarur.
Bundan tashqari, yog’li ovqatlarni kam iste’mol qilish, harakatli turmush tarziga o’tishingizni tavsiya etamiz.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Imkoniyat topib vrachga ko’rining, o’zboshimchalik bilan davolanish mavjud kasallikni zo’rayib ketishiga sababchi bo’lishi ham mumkin.