Homila nega tushadi?

AvatarAnonim soʻradi

Yoshim 23da. Talabaman. 2yoshlik qizim bor. Yanvar oyida rejalashtirib homilador bo’lgan edim. Homilam 5haftalik bo’lganda tushib qoldi. TORCH ga tekshirtirdim hammasi yaxshi chiqdi ginekologiya tomondan hammasi yaxshi chiqdi (shamollash, kista hech narsa chiqmadi) savolim:
1) Homila nega tushadi?
2)  Endi qanchadan keyin homilador bo’lsam bo’ladi?
3) Homilador bo’lishdan oldin nima qilish kerak? Qaysi doktorlarga borish kerak?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Homiladorlikning erta davrida, ayniqsa, 6 haftagacha boʻlgan muddatda homila tushishiga homiladagi genetik buzilishlar sabab sifatida koʻrsatiladi. Homila tushishidan keyin ginekolog bilan maslahatlashgan holatda 6 oydan keyin homiladorlikni rejalashtirishingizni tavsiya etamiz. Keyingi homiladorlik kuzatilganda, hududiy skrining markazlaridan tekshiruvdan oʻtishingiz mumkin.