Assalomu alaykum. Yoshim 21 da. Birinchi farzandimga 12 haftalik homiladorman. Aql tishlarim ogʻrib bezovta qilayapdi. Stomatologga borgandim olib tashlaymiz va boshqa tishlarimning milkini kesib toʻgʻirlashini aytdi. 9- haftada aparatga tushganimda tushish hafvi bor deyishgandi. Hozirgi ahvolimda tishlarimni davolatsam bolaga zararli emasmi. Ogʻriqsizlatiruvchi lidakain ukollarini olsam boʻladimi?
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
Tushish xavfi mavjud bo’lsa, biroz muddat o’ta zarurat bo’lmasa, stomatologik amaliyotlardan cheklanib turish maqsadga muvofiq.
Ginekolog bilan bamaslahat ish tuting.
O’xshash maqola: https://atf.uz/savollar/homiladorlikda-tish-davolatish/