Homiladorlikda o‘t qopida tosh bo’lsa

SavollarMavzu: GinekologiyaHomiladorlikda o‘t qopida tosh bo’lsa
AvatarYulduz soʻradi

Assalom. Men uchinchi farzandimga homiladorman. Homilador bolishdan avval uziga tushdim. O‘t qopida 13mm tosh borligini aytdi va homilador bolsang boladi seni bezota qilmaydi deyishdi. Yaqinda uziga tushdim. Xomilam 28 haftalik bolgani tosh esa 21mm bo‘lganligini aytishdi. Shu vaqtgacha bezota qilmayotgandi. Endi esa o‘n qovurg‘amni osti og‘riyapti. Kechalari yotushga qiynalyapan.  Hojatga chiqqanda kychansam ig‘riq kuchayadi. Savolim men o‘zim tug‘samo o‘timga zarari yoqmi yoki kserva qildirganim maqulmi?  Javob uchun oldindan raxmat

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
2 ta javob
ATFATF javob berdi

Homiladorlikda oʻt-tosh kasalligini davolash taktikasini tanlash kasallikning klinik shakliga, alomatlarning ogʻirligiga va asoratlarning mavjudligiga bogʻliq. Kasallik belgilarsiz kechganda, homilador ayollarga shifokor tomonidan dinamik kuzatuv va tosh hosil bo’lishiga olib keladigan omillardan qochish buyuriladi. Safro turgʻunligini kamaytirish va kasallikning dastlabki bosqichida oʻt yoʻllarida toshning paydo boʻlishining oldini olish uchun homilador ayolga tez-tez kam-kamdan ovqatlanish, tabiiy oʻtlardan tayyorlangan oʻt haydovchilar qabul qilish tavsiya etiladi. Medikamentoz, dori-darmonlar bilan davolash ham mumkin. Albatta, har bir muolaja vrach tavsiyasiga koʻra tanlanadi va tayinlanadi. Shifokor tavsiyalarisiz ish tutmang! Tavsiyamiz, davolovchi shifokor bilan maslahatlashing!

ATFATF javob berdi

Gastroenterolog holatdan kelib chiqib individual yondoshgan holda tegishli tavsiyalarni beradi. Agar kasallik og’irlashmasa, albatta, o’zingiz tugishingiz mumkin. Gastroenterolog ko’rigidan o’ting.