Homiladorlikda tish davolatish

SavollarMavzu: StomatologiyaHomiladorlikda tish davolatish
AvatarAnonim soʻradi

Yetti oylik homiladorman. Jag‘ tishim qattiq og‘riq berayapti.  Ayrimlar bu vaqtda tishni oldirib bo‘lmaydi deyishayapti. Haqiqatan ham shundaymi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
1 ta javob
Urazbaev MansurAziza javob berdi

Tishlardagi karioz kavak surunkali infeksiya o‘chog‘i hisoblanadi. Bu esa bo‘lajak ona organizmi bilan bir qatorda homilaga ham nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sizni holatingizda avval jag‘ tishni ko‘rish lozim. Hozirgi zamonaviy stomatologiya imkoniyatlari homiladorlikda qo‘llash mumkin bo‘lgan preparatlarni taqdim etmoqda. Mazkur vositalardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanilganda ona va bola salomatligi xavfda qolmaydi. Davolovchi ginekologingiz bilan maslahatlashingda, stomatolog ko‘rigidan o‘ting. Agar tishni olib tashlash lozim topilsa, amaliyot bajariladi. Ehtimol konservativ davo choralari ko‘magida muammo hal qilinsa ham bo‘lar.