Homilani o‘sishdan to‘xtash sababi

Avatarnajiyya soʻradi

1ta farzandim bor 2014yil tug‘ulgan.
2017yil mart oyida uzoq davolanishdan so‘ng homilador bo‘ldim va 10xaftalikda qon keldi uzi qilsak yurak to‘xtabdi abort qilindi. Keyin yana davolandim 2018 yil noyabr oyida yana xomilador bo‘ldim. Va dekabr oyida uzi qilsam pufakchasi bor ammo ichidagi xomila ko‘rinmayapti deyishdi. 4.5 xaftalikda  o‘sishdan to‘xtagan deb u xam abort qlindi. Bunday xolat qanday kasalliklar tufayli bo‘ladi infeksiyalarni tekshirdik xammasi yaxshi. Gormonal xolat ham yaxshi.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
2 ta javob
ATFATF javob berdi

Ko’pgina hollarda, homila o’smasligi xromosoma (gen) anomaliyalari tufayli yuzaga keladi: «nosozliklar» homila uchun ham onadan, ham otadan kelib chiqishi mumkin, yoki ota-ona genlarining kombinatsiyasi buzilganda yuzaga keladi. Afsuski, bunday voqealar rivojlanishini oldindan bilishning iloji yo’q. Bu bir martalik muammo va keyingi homiladorlik muvaffaqiyatli yakunlanishi ehtimoli bor. Shu tufayli homiladorlikni rejalashtirishdan oldin, ota-onalar genetik bilan maslahatlashishlari kerak.

ATFATF javob berdi

Bundan tashqari infeksion kasalliklar, gormonal buzilishlar ba’zi autoimmun kasalliklar homilaning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.