Ich qotishiga davo bormi?

SavollarMavzu: PediatriyaIch qotishiga davo bormi?
AvatarНазокат soʻradi

Assalomu-alaykum. Bolam 5 yoshda. 3 yildan beri qabziyat kasalligi bilan ogʻriydi. Tugʻilganidan 2 yarim yoshgacha ichi juda yaxshi kelardi. Koʻplab dori vositalarini sinab koʻryapmiz, bir-ikki safardan keyin taʼsir qilmay qolyapti. Sal tuzalganday boʻladi va yana 5-7 kungacha ichi kelmay qotib qoladi. Men juda tashvishlanayapman. Biron bir yaxshi davolash markazlarimi yoki mutaxassis nomini aytsangizlar yaxshi boʻlardi. Internetdagi xalqona davolash usullarini tibbiy vositalar bilan bir vaqtda qoʻllash mumkinmi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Bolalarda surunkali qabziyatga juda ko’p sabablar mavjud. Albatta buning sababini tekshiruvlar orqali aniqlash lozim. Hamda sababini bartaraf qilish orqali muammodan xalos bo’lish mumkin. Turli usullarni mustaqil qo’llashingizni tavsiya qilmaymiz, chunki bu orqali holatga sabab bo’layotgan omilga ta’sir o’tqaza olmaysiz, hamda muammo qaytalanaveradi. Masalan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yoki Pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga murojaat qilishingiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumot uchun: https://avitsenna.uz/constipation