Jig’ildon qaynashi haqida

AvatarAsliddin soʻradi

Salom yoshim 24 da meni jig’ildon qaynashi bezovta qiladi ertalab choy ichganimda ham yog’li va yog’siz narsa yesam ham jig’ildon qaynaydi shunga nima tavsiya berasizlar oldindan raxmat

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Jig‘ildon qaynaydigan kishilar, avvalo, turmush tarzini sog‘lomlashtirish ya’ni quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:

  • Tamaki chekish va spirtli ichimliklardan mutlaqo voz kechish;
  • Tez-tez, oz-ozdan ovqatlanish
  • Yog‘li, qovurilgan, dudlangan taomlar, qahva, shokolad, asaldan tiyilish
  • Kechkurun yotganda bosh tarafini sal balandrok qilish (bitta yostik ortiqcha qo‘yish)
  • Kechqurun ovqatni uyquga yotishdan 3 soat oldin eyish
  • Aralash-quralash ovqatlanish, juda to‘yib ketishdan saqlanish
  • Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng 1,5-2 soatgacha yotmaslik, yonboshlab olmaslik yoki pastga egilmaslik, pastga egilish bilan bajariladigan mashqlarni qilmaslik zarur bo‘lsa ozish
  • Qisib turadigan kiyim qiymaslik, tasma taqmaslik.

Hamda gastroenterologga ko’rinib, aniq tashxisdan keyin davolanishni boshlash lozim.