Jigar fibrozi

SavollarMavzu: VirusologiyaJigar fibrozi
Kozim soʻradi

assalomu alaykum.
jigari fibrozi nima?
jigarni fibroskanda tekshirtirilganda jigar fibrozi borakan deb tashxis qöyildi yani metavir F2-F3.
uni davolasa böladimi? Lekin qonda hech qanday virus chiqmagan.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz

1 ta javob
ATF javob berdi

Jigar fibrozida jigarning normal hujayralari, biriktiruvchi to’qimaga aylanib, o’z funksional vazifalarini yo’qotishadi.
Jigar fibrozi qaytmas jarayondir. Kasallik juda sekin rivojlanadi. Birinchi 5-7 yil davomida jarayon o’zini namoyon qilmaydi, shuning uchun kasallikni aniqlash juda qiyin.
Jigar fibrozining sabablari juda ko’p:

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz

  • alkogolizm;
  • noto’g’ri ovqatlanish (yog’li va qovurilgan ovqatlar va boshqalar);
  • kuchli tibbiy preparatlar bilan uzoq muddatli davolanish;
  • kimyoviy zaharlanish;
  • virusli gepatitlar (ayniqsa, C);
  • va boshqalar.