Jinsiy moyillik kamayishi

AvatarЗиёда soʻradi

Manda erim bilan jinsiy aloqa qilishga moyilligim yaqin ikki oydan beri qiyin kechmoqda. Erim aloqani xoxlasa, men charchadim, uyqim keldi deb bahona qidiraman. Oʻzimni zoʻrlab aloqa qilsam ham qin sohasida quruqlik sezaman. Erim esa manda koʻngling yoʻq deb koʻp janjal qiladi. Mandagi bu holatni yoʻqotish uchun nima qilay yoki bu ham kasallikmi? Oldindan rahmat.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Ayollarda jinsiy mayl buzilishiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin:

  • Jismoniy ahvol. Ya’ni ayol yaqinda tug‘gan yoki kasallikni boshigan o‘tqazgan bo‘lsa;
  • Ruhiy ahvol. Masalan, charchash, kundalik tashvishlar, er-xotin o‘rtasidagi munosababt buzilishi;
  • Gormonal buzilishlar. Xususan, esterogen gormoni kam ishlab chiqarilishi natijasida qin quriqlashadi va yaqinlik vaqtida og‘riq yuzaga keladi. Ayolda esa og‘riqdan qo‘rqish natijasida jinsiy mayl susayadi.
  • Bundan tashqari ba‘zi ayollardagi homiladorlikdan qo‘rqish ham ularning maylini ancha pasaytiradi.

Tavsiyamiz ginekolog tekshiruvidan o’ting.