Kalsiy kamligi

AvatarAnora soʻradi

Assalomu alaykum. Mani oʻglim 6 oylik unga kalsiy ichirsam ichi ketib qoladi. Nima sababdan kalsiy yoqmaydi. Liqildoqni biroz katta deyishgan edi. Nima qilsam boʻladi? Qanday maslahat berasiz? Oldindan rahmat

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Bola organizmi qabul qilayotgan kalsiy miqdori koʻp boʻlsa, notoʻgʻri qoʻllanilsa, doza oshirilib yuborilsa va ayrim holatlarda kalsiy preparatlari qabulidan soʻng ich ketishi mumkin. Buni pediatr bilan maslahatlashgan holatda dozirovkani belgilab olish kerak boʻladi. 6 oylik bolalar uchun oʻrtacha kalsiy isteʼmoli kunlik meʼyori 500 mg. Shuni unitmaslik kerakki, ona suti orqali ham kalsiy qabul qilinadi. Liqildoqlar haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun ushbu maqolani o’qib chiqishingizni tavsiya qilamiz: https://avitsenna.uz/bola-va-liqildoq/