Kindik churrasi (grija)

AvatarAbdulloh soʻradi

Assalomu Alaykum menda 1yildan beri jigar sirrozi + astit (qorin bo’shlig’ida suv yig’ilishi) kasalligi bor edi. Kindigim tez tez chiqib qolardi, yotgan holimda qo’lim bilan bosib kirgizib qo’yardim. Kuni kecha qattiq kuchanish sababli kindigim qattiq xolatda ishib chiqdi, o’rniga qaytarishni iloji bolmayabdi. Ishib chiqgani sezilib biroz og’riq kuzatilyabdi. Ushbu xolatda jarroxlik amaliyoti o’tkizmasdan kindikni joyiga qaytarishni iloji bormi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Bandaj taqish orqali biroz bartaraf qilish mumkin, lekin agar assitik suyuqlik tez toʻplansa, tez-tez shishib chiqadigan bo’lsa, operatsiya qilish orqali bartaraf qilish ham jarroh uchun muammo hisoblanadi. Shu sababli jarroh bilan, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.