Ko’p suv ichish

AvatarAnonim soʻradi

Salom, meni savolim shuki, kompyuterda ishlashga to’g’ri keladi, va har doim kompda ishlayotganimda ko’p suv ichaman. Suvni kuniga 3-4 litr ichsam kerak. Agar kamroq ichsam, o’zimni yomon his qilaman. Suv ko’p ichsam o’zimni tetik va yaxshi his qilaman. Bu zararli emasmi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Koʻp miqdorda suv ichish, ayniqsa, kam harakat turmush tarzida kuniga 3-4 litr suyuqlik ichish zararli. Bunda organizmda suv-tuz muvozanati buziladi, buyraklar yuklama bilan ishlashga majbur boʻladi, yumshoq toʻqimalar shishiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu odatingizdan voz kechishingizni kunlik suv miqdorini sekin-asta kamaytirib 1,5-2 litrgacha tushirishingizni tavsiya etamiz.