Ko’p yursam va uyquga yotsam oyogim ogriydi

AvatarDavronjon soʻradi

Assalom alekum . Meni yoshim 24 da 6. 7 yildan beri oyoq ogrishidan shikoyatim bor. Hamma shifokor har xil tashxis qo’yayabdi. Menda asosan ko’p yursam oyogimning boldir qismi ogriq beradi va uyquga yotganimda ertalabgacha boldirim qaxshab ogriq beradi. ertalab  Turib harakatlansam ogriq 2 minutda tarqab ketadi.oxirgi payt chap oyogim uvishib peslashib qolayabdi xuddi qon o’tmaydiganga o’xshab.chap oyogim sonimga ulangan joyi yurganimda suyag bir biriga tegib ketayotganga o’xshab gitirlaydi. Tomografiya qildim grija yo’q ekan. Kalsiy kam chiqdi analizda. Quymuchimni reyngen qildim chap tarafda shamollash bor dedi doktor. Belimni past qismi ertalabgacha qotib qoladi turib xarakat qilsam belimni mashq qilsam tarqab ketadi. Kunduzi ogriq sezmayman  asosan kechasi yotsam va ko’p yursam bilinadi. Bitta doktor UASh tomografiyamni ko’rib sizda yuyak yemirilishi bor degandi. Aniq tashxis qo’ya olmayabmiz yordam beringlar.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Malakali nevropatolog va travmatolog bilan maslahatlashgan holatda tekshiruvlardan oʻtishingiz hamda davolanishingiz kerak. Bu maʼlumotlaringizga koʻra, biror narsa deya olmaymiz. Ish tartibingizni, undagi ogʻir jismoniy yuklamalarni biroz kamaytirishingiz, davolovchi-profilaktik jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishingizni, hamda yuqorida aytganimizdek malakali vrach koʻrigidan oʻting.