Ko’z bosimi

AvatarShahlo soʻradi

Assolomu alaykum. Menda 2 yil avval ko’z bosimi borligi aniqlanganda va men davolanganimdan so’ng yaxshi bulgandim. Lekin hozirda yana ko’z bosimi bezovta qilyabdi. Menda miopiya ham mavjud. Ko’z bosimini oshishiga nima sabab bo’lishi mumkin. Nimalardan saqlanishim kerak.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
Eng sara javobni tanlang
ATFATF javob berdi

Ko’z ichi bosimi ko’z ichi suyuqligining chiqarilishi buzilgan hollarda ko’tariladi. Glaukomaning uchta asosiy turi mavjud: birlamchi, tug’ma va ikkinchilamchi.
Bulardan eng keng tarqalgani birlamchi glaukoma. 40 yoshdan kattaroq odamlarda, odatda, aniq-oydin sabablarsiz, sog’lom ko’zlarda paydo bo’ladi.

Glaukoma jarayonining paydo bo’lishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari mavjud. Mahalliy omillar – miyopik refraktsiya (miyopiya) va umumiy – 60-65 yoshdan katta yosh, irsiyat, diabet, gipotenziya, qalqonsimon bez kasalliklari, nerv tizimi kasalliklari va boshqalar.

Tug’ma glaukoma ko’zning embrion rivojlanishining anomaliyalari bilan bog’liq bo’lishi mumkin – old kameraning burchagi disgenezi, shuningdek, tug’ruqdan oldin yoki tug’ruq vaqtida o’tqazilgan boshqa ko’z kasalliklari (o’smalar, yallig’lanish, jarohatlar).

Ikkilamchi glaukoma – bu konkret oldingi ko’z kasalliklarining natijasi. Uning sabablari bo’lishi mumkin:

  • ko’zlarning yallig’lanish kasalliklari: keratit, uveit, sklerit;
  • gavhar dislokatsiyasi ;
  • katarakt;
  • distrofik ko’z kasalliklari;
  • kontuziya, kuyishlar, ko’zning shikastlanishi;
  • ko’z oldida jarrohlik aralashuvi;
  • ko’z o’smalari.