Assalomu alekum mening yoshim23 da mening o’ng ko’zim ostida ko’karish paydo bo’ldi bu nima sababdan kelib chiqadi yoki bu biron bir kasalikning belgisimi?
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
Ko’zlar ostida ko’karishlariga asosiy sabablar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- uyqu yetishmasligi, surunkali charchoq;
- tanadagi suyuqlikning yetarli bo’lmasligi;
- ko’zning zo’riqishi;
- anemiya (kamqonlik);
- zaharlanish, ichak infektsiyasi, yuqumli kasallik bilan zaharlanish;
- yurak va qon tomir kasalliklari;
- chekish va spirtli ichimliklarni, energetik ichimliklarni suiiste’mol qilish.
Kasalliklarni istisno etish va asl sababini aniqlab, davolanish uchun vrach ko’rigidan o’ting.