Ko’z qovoq qichishishi

AvatarShahzod soʻradi

Assalomu alaykum. Meni ismim Shahzod yoshim 25 da. Meni yoshlikdan beri bir narsa ya’ni qovoqlarim qichishib keladi. Bu g’alla pishishidan oldin (bu yil 20 maydan) boshlandi. Qichishaveriadi oxiri qashiganimdan kiyin suv kelib og’riq beradi. Zardob yig’adi. Qishloqda turaman nimadan allergiya berganini bilmayman. Duxtirlar quyoshdan ham diydi. Achkib taqsam ozroq yaxshi. Dori berishadi 3-4 kum yaxshi ammo yana shu axvol. Toshkentgacha bordim hech kim bilmaydi aniq tashxisni. Yordam bering.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Yozganlaringizga qaraganda sizda allergiya. Buni laboratoyida qaysi allergenga nisbatan allergiya chaqirilayotganligini aniqlash mumkin. Agarda allergiya aniqlansa, u kompleks ravishda vaqti-vaqti bilan davolanib turishni, ayniqsa, allergiya chaqiruvchi allergen bilan kontaktni yoʻqotishni taqozo etadi.