Assalomu alaykum. Onamga koʻkrak bezi sarotonining 2 darajasi tashxis qoʻyildi Yoshlari 52 . Hozirda ximiya qoʻyishyapdi. Buni keyinchalik zarari yoʻqmi? Tashkentda qaysi shifoxonada bu kasallikni mutahasislari kuchli? Yoki operatsiyani chet elda o’tkazgan yaxshimi? Javob uchun rahmat. Beeʼtibor qoldirmaysiz degan umiddaman. Rahmat
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Nafaqat kimyoterapevtik dori vositalari, balki barcha dori vositalarning davo samarasi bo‘lishi bilan bir qatorda, ular kutilmagan yoki nojo‘ya toksik ta’sirlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Agar boshqa kasalliklarda buyurilgan dori vositalar qo‘llanilgandan so‘ng kuchli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa, bunday holatda ularni qabul qilishni to‘xtatishga ko‘rsatma beriladi. Ammo unutmaslik kerakki, o‘smaga qarshi dori vositalar har doim o‘ziga xos toksik reaksiyalar bilan birga kechadi.
Biroq hayot uchun xavfli asoratlar kuzatilsa, unda keyingi kursda o‘smaga qarshi dori vositasini yoki keyingi kimyoterapiya kursini zarur bo‘lgan miqdoridan biroz kamaytirilgan holatda o‘tkazish mumkin.
Kimyoterapiya kursidan keyingi kelib chiqadigan toksik reaksiyalar har doim ham kuzatilmasligi mumkin, bu o‘smaga qarshi dori vositasini olayotgan bemorlarning umumiy ahvoliga, yondosh kasalliklari bor-yo‘qligiga va albatta immun holatiga bog‘lik.
O‘smaga qarshi kimyoterapevtik dori vositalari nafaqat eng faol saraton hujayralarini, balki shilliq qavat, qon va suyak ko‘migi tarkibidagi sog‘lom hujayralarni ham nobud qiladi. Shuningdek:
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
- kimyoterapiya davolash kursini olgan bemorlarda soch, kiprik va qoshlar to‘kilishi mumkin;
- oshqozon-ichak nerv tugunlari dori preparatlaridan ta’sirlanishi natijasida ko‘ngil aynishi, qayt qilish holati ro‘y berishi mumkin;
- oshqozon shilliq qavatining zararlanishi hisobiga stomatit, diareya kelib chiqishini kuzatish mumkin;
- qon va suyak ko‘migi hujayralari nobud bo‘lishi oqibatida qon tarkibida gemoglobin, leykotsit va trombotsitlar miqdori pasayadi va organizmning immun holati susayishi mumkin.
Lekin, yuqorida aytib o‘tilgan asoratlarning barchasi orqaga qaytarilishi mumkin jarayon bo‘lib, kimyoterapiya kursini to‘liq tugatgach, 6 oy o‘tgandan so‘ng, yanada qalin sochlarlarning o‘sib chiqishi, organizmni immun holati to‘liq tiklanishi kuzatiladi.
Masalan, Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika onkologiya markazi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Telefon: (+99871) 246-05-13, 246-29-78
Manzil: Toshkent sh., Farobiy ko`chasi, 383-uy