Prolaktin miqdori oshib ketishi

AvatarDilfuza soʻradi

Assalam Aleykum meni Turmush qurganimga bir yarim yil boʻldi. Tekshiringandik menda proloktin oshib ketibdi, bir koʻkragimdan suv chiqadi. Erimda boʻlsa prostatada shamollash bor ekan. Homilador boʻla olamanmi qanday dori tavsiya etasiz tez taʼsir koʻrsatish uchun?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
2 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Sizdagi prolaktin miqdorining koʻpligi ham turmush oʻrtogʻingizdagi prostata bezi shamollash ham homilador boʻlishga toʻsqinlik qilayotgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun avvalo prolaktin miqdorining koʻpayishiga sababchi boʻlgan asosiy omillar (Gipofizdagi oʻsmalar, qalqonsimon bez faoliyati buzilishi, kuchli stress va boshqalar ) bartaraf qilinishi kerak. Bundan tashqari, eringiz ham androlog qabulida boʻlib, davolanishi lozim.