Lazer operatsiyasi foydasi va cheklovlari

AvatarOybek soʻradi

Assalom maleykum. Mening ismim Oybek yoshim 22 da. Men ko’zimni lazerli operatsiya qildirmoqchiman. Hozir ko’zim   o’ng ko’zim – 5.50 chap ko’zim esa – 5.75. Operatsiyadan keyin qay holatda ko’raman. 0 bo’ladimi yoki – 1 atrofidami. Operatsiyadan keyin nimalarga rioya qilishim kerak. Maslahat bersangiz.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Reabilitatsiya davrida quyidagilar taʼqiqlanadi:

  • Iflos suvni koʻzlarga teqqazish (hovuzga borish, hammom, saunalar, hovuzlarda suzish;)
  • shikastlanish va ogʻirlikni koʻtarish bilan bogʻliq jismoniy faoliyat (raqs, tosh, ekstremal sport va boshqa shikastlanish);
  • ayollar uchun dekorativ kosmetika, sochlar, aerozollardan foydalanish tavsiya etilmaydi;
  • quyosh nurlaridan cheklanish, shifokorlar quyoshli havoda quyosh koʻzoynak taqishga ham maslahat beradi;
  • tiklanish davrida spirtli ichimliklar ichishdan qochish kerak.

Doktor tomonidan tavsiya etilgan koʻzni tekshirish tekshiruvlaridan oʻtish kerak.
Batafsil maʼlumotni, albatta operatsiya qiluvchi vrachdan olishingiz lozim. Qanchalik darajada koʻrishingiz haqida biror narsa deyish qiyin, lekin tahminan koʻzoynak yoki lazer bilan korreksiyalangandek koʻruv boʻladi. Bu haqida ham vrachdan batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.