Miopiya va astegmatizm

SavollarMavzu: OftalmologiyaMiopiya va astegmatizm
AvatarZafar soʻradi

Assalomu alaykum hurmatli shifokorlar ko’zim uzoqni juda hira ko’radi miopiya va astegmatizm deyishyapti bir ko’zim-3.5 ikkiknchisi-4.0 buni operatsiyasiz davolasa ya’ni tabiiy yo’llar bilan davolasa bo’ladimi kimlardir menga karatino yog’ini,silver suvini va marion deb nomlangan suvini is’temol qilishimni aytishdi. Lekin men ularga ishonmayabman chunki ular shifokormas ekan. Shuning uchun sizlardan yordam so’rayabman faqat umidim Ollohim va sizlardan

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Yozganingizga qaraydigan bo’lsak, sizda miopiyaning o’rta darajasi kuzatilmoqda. Miopiyani davolash usullari bular, ko’zoynak, kontakt linza va lazerli operatsiya orqali korreksiyalashdir. Isbotlangan tibbiyotda boshqa usullar davo sifatida tan olinmagan. Ko’z uchun turli mashqlar va turli dori-darmonlar, xalq tabobati usullari faqatgina qo’shimcha yordam sifatida tavsiya qilnishi mumkin, lekin bu davo emas.