Assalom alaykum musofir yurtda ishlayman,bu yerni tilini yaxshi tushinmiyman.savolim shundan iboratki o’ng moyagimda yoqimsiz og’riq bor, sovuqda va anonizm qilganimda og’riq kuchayadi . Bu qanaqa kasallik bo’lishi mumkin? Rahmat
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Balogʻat davri va oila qurmaganlara shaxvat kuchliligi sababli doim qon dimlanishi hisobiga va kuchli shaxvat qoʻzgʻalishi hisobiga moyak va moyak ortigʻida simillab turadigan biroz ogʻriq boʻlib turadi. Sizdagi belgilar aynan moyak va uning ortigʻi dimlanganligi yoki dimlanishli yalligʻlanishi belgisi boʻlishi mumkin.
Onanizm tufayli ogʻriq boʻlishi aksari hollarda siydik va tanosil aʼzolarida yalligʻlanish borligi belgisi. Balki urugʻ pufagi yalligʻlangandir.
Tavsiyamiz, onanizmdan voz kechish, umuman tashlash kerak. Sport bilan shugʻullanib va jismoniy mehnat qilish, sovuq bilan kamroq aloqada boʻlish lozim. Qolgani shunda oʻz-oʻzidan yaxshi boʻlib ketadi.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz