Yoshim 27da uchta qizim bor og’il farzand bo’lishi uchun nima maslahat berasiz
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Tugʻilajak farzand jinsi qaysi xromasomalarning oʻzaro (XX yoki XY) qoʻshilishiga bogʻliq. Ayol kishi faqatgina X xromosomani oʻzida saqlaydi, erkak kishi esa X va Y xromosomani. Farzandning jinsi erkak spermatozoidining qaysi biri tuxum hujayrani urugʻlantirganligi bilan belgilanadi: X xromosomali spermatozoid yoki Y xromosomali spermatozoid.
Farzand oʻgʻil boʻlishi uchun Y xromosomali spermatozoid tuxum hujayrani urugʻlantirishi kerak.
Turli manbalarda har xil tavsiyalar keltiriladi, lekin bular ilmiy tasdiqlanmagan. Farzandning oʻgʻil yoki qiz boʻlishi butkul tasodifiy boʻladi. Homila agar tabiiy yoʻl bilan qilinadigan boʻlsa, qandaydir usul bilan uning jinsini oʻzgartirish mumkinligiga hech qanday ilmiy isbot yoʻq.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz