Bachadon tashqi miomasi bilan Operatsiya bo’lganimga 1 yil bo’ldi. Operatsiyadan 6 oy o’tib homilador bo’lishim mumkinligini aytishdi. Ammo bo’lmadim. Endakrinologga murojaat qilganimda buqoq garmonlariga topshirishimni tavsiya qildi. TTG 2,63 T4 11,3 chiqdi. Prolaktin 243. UTTga borganimda falikula muddatidan oldin yetiladi, ammo yorilish yo’q. Ovulyatsiya ro’y bermaydi. Ammo FSG va LG garmonlarim ham normada. Bunga nima sabab, yana qaysi garmonlarga topshirsam bo’ladi. Yoki bu operatsiya bilan bog’liqmi.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz