Ozg’inlik muommasi

SavollarMavzu: EndokrinologiyaOzg’inlik muommasi
AvatarAbilayxan soʻradi

Assalamualeykum. Yoshim 18 da buyim-180 ves-55kg. Kanday semirsam buladi. Analizlarda xech kanday kasallik yukligi maʼlum buldi. Oilada xech kim ozgʻin emas xammasi aʼlr fakat manda shunaka. Qanaqa dorilarni tavsiya qilasizlar. Iltimos yordam beringizlar

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Kun tartibi

  1. Kun taribini rejali asosda olib boring. Kuniga 2,5-3 soat farq bilan 5-6 marta ovqatlanish zarur. Ovqatlanish doimo bir xil vaqtda bo‘lishi muhim ahamiyatda ega.
  2. Kun tartibi tarkibiga me’yoriy uyqu (kattalar uchun 7-8 soat ), toza havoda sayr hamda jismoniy mashqlarni kiritish asosiy omillardan hisoblanadi.
  3. Ko‘p uxlash va jismoniy mehnat qilmaslik semirishga hech qanday foyda bermaydi!

Semirish taomnomasi
Barcha biologik-tibbiy taomnomalar diyetologlar tavsiya etgan piramida asosida shakllantiriladi.

  • Piramida asosi: Donli va xamir mahsulotlari tashkil etadi. Non va non mahsulotlari, mosh, no‘xot, loviya kunlik ovqatning asosini tashkil etish kerak. Bunda ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi uglevod va oqsillar organizmning energiyaga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga hujayralarda zahira holda ham to‘planadi. Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkinki, non va non mahsulotlarning oliy navlisi tavsiya etilmaydi.
  • Piramidaning ikkinchi qavati: Sabzavot va mevalar tashkil etadi. Sabzavot va mevalarning imkon qadar shirin turlarini iste’mol qilish zarur. Masalan, olma, shaftoli, anor, uzum, qizil lavlagi uglevodlarga ancha boy. Bu mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida iste’mol qilish kerak. Ya’ni, o‘zingizda oz bo‘lsada ochlikni his qildingizmi, shirin mevalardan birini tanovul qilishingiz mumkin.
  • Piramidaning uchinchi qavati: Sut va sut mahsulotlari, tuxum va go‘sht tashkil etadi. Semirishni istovchilarning ertalabki nonushtasida, albatta, sutli mahsulot bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin ham sut yoki qatiq iste’mol qilish mumkin. Go‘shtning yog‘siz turlarini qabul qilish kerak. Bunga parranda va quyon go‘shtlari misol bo‘ladi.
  • Piramida uchi: Qandolat mahsulotlari tashkil etadi. Vazn yig‘nashni istovchilar bu mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, ular tarkibidagi yog‘ tibbiy jihatdan sifatsiz hisoblanadi. Yoki, tort va pishiriqlarga tvarog ishlatib iste’mol qilish mumkin. Bunda tvarogning yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Qo‘shimcha mahsulotlar: quruq mahsulotlarni ovqatlanish oraliqlarida bemalol iste’mol qilish mumkin. Masalan, yong‘oq, bodom, pista, turshak, mayizlarni kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Taomnomani piramida shaklida tavsiya qilishimizdan maqsad, tarkibidagi ozuqalar miqdori piramidaning asosidan uchiga tomon kamayib borishi kerakligidir.