Polanda sindromi

AvatarAlibek soʻradi

Polanda sindromi haqida maʼlumot bersangiz, iltimos.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Poland sindromi kichik va/yoki katta koʻkrak mushaklarining yoʻqligi, koʻkrak qafasidagi teri osti yogʻ qatlamining qalinligini kamayishi, bir nechta qovurgʻalarning yoʻqligi yoki deformatsiyasi, koʻkrak bezi yoki koʻkrak soʻrgʻichi yetishmovchiligi, barmoqlarning qisqarishi, barmoqlarning toʻliq yoki toʻliq boʻlmasligi va boshqa belgilar bilan namoyon boʻladi. Nuqson bir tomonlama, koʻpincha oʻngda kuzatiladi. Kasallik sabablari toʻla toʻkis aniqlanmagan. Tashxislash klinik maʼlumotlar, rentgenografiya, MRT va boshqa tekshiruvlar asosida amalga oshiriladi. Davolash odatda jarrohlik – torakoplastika, transplantatsiya orqali nuqsonni tuzatish, kosmetik aralashuvlar bilan amalga oshiriladi.