Assalomu alaykum yaxshimisizlar ming bor uzur bezovta qilyabman javobilarni kutib qolaman, savolim shuki: 15 kun oldin qornim og’riy boshladi, UZI ga tushdim o’t pufagizda 3 ta so’kalga o’xshagan kichkina narsa bor dedi. Allohol, Holosas, Noshpa ichib Parhez qib tursez yaxshi bubketadi dedi 10 kun bo’ldi haliyam og’riyabdi. Nima maslahat berasizlar…ismim Husniddin
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
Malakali terapevt koʻrigidan oʻting. Qorin ogʻrishiga nafaqat oʻt pufagidagi patologik jarayonlar, balki juda koʻplab sabablar, shu jumladan gastrit, enterit, pankreatit, gelmentlar va boshqa holatlar sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham terapevtga koʻrinib, aniq tashxis qoʻyilib, shunga mos muolaja olishingizni tavsiya qilamiz.
Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz