Rivojlanmagan bachadon

AvatarSayyora soʻradi

Assalom alaykum xotinimning
Doktori detskiy matka tashxisini qoydi tuxumdon bor lekin bachadon yosh dedi surikat onadan foydalanaslar dedi biz qanday yordam bera olasiz

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Bachadon gipoplaziyasi sababli homiladorlik yuzaga kelmasligi mumkin. Samarali davolash mavjud. Bemorga gormonal terapiyasi buyuriladi va ma’lum vaqtdan keyin nazorat ultratovush tekshiruvida bachadon kattalashib borayotganini ko’rish mumkin.
Kurs odatda 3-6 oy, ba’zan bir yil davom etadi. Agar homiladorlikka bundan boshqa qarshilik bo’lmayotgan bo’lsa, kursdan keyin bemor homiladorlikni rejalashtirishi mumkin. Tavsiyamiz, malakali ginekolog ko’rigidan o’tib davolaning. Sizning yozganingizga qaraganda bachadon rivojlanishida keskin buzilishi bor va shuning uchun ginekologlar yuqoridagidek maslahat berishgan. Vrach bilan maslahatlashib ish tuting.