Soch to’kilishi va uni davolash haqida

AvatarAziz soʻradi

Assalomu Alaykum mening yoshim 21 da otamning sochlari to’kilgan hozirda bu menda ham o’zining asoratlarini ko’rsatmoqda buni to’xtatish umuman soch ektirish haqida batatsil javob berishingizni so’rayman

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Soch to‘kilishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. Nasliy omil;
  2. Organizm qarishi;
  3. To‘yib ovqatlanmaslik va vitamin yetishmovchiligi;
  4. Yoshga bog‘liq va patologik gormonal o‘zgarishlar;
  5. Kuchli stress;
  6. Ifloslangan havo va suv;
  7. Soch piyozchalarining zararlanishi;
  8. Tor bo‘lgan bosh kiyimlarni kiyib yurish.

Soch ekishning ikki uslubi bor: sun’iy sochlar ekish va kishining o‘z boshidagi soch ildizlarini to‘kilgan qismiga ko‘chirish.
Sun’iy sochlar ekish
Sun’iy soch tolalari tabiiy sochlardan farq qilmaydi. Uslub sochini jarohat sababli yo‘qotganlarga, muolaja bilan sochlarni tiklab bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Sun’iy sochlar 500-700 donadan ekib, mahkamlanadi. Ular deyarli to‘kilmaydi, bemalol yuvish va hatto fen yordamida quritish, bo‘yash ham mumkin.
Shaxsiy sochlar transplantatsiyasi
Jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshning engak qismidan donorlik sochlari olinib, boshning soch to‘kilgan sohasiga ekiladi. Bu sochlar kishining umri davomida o‘sadi, ya’ni boshning boshqa qismiga o‘tkazilishi ularning o‘sish jarayoniga ta’sir qilmaydi.
 
Kelgusida saytlarimizda soch ektirish mavzusida kengroq ma’lumotlarga ega maqola e’lon qilamiz. Qo’shimcha ma’lumot uchun: https://avitsenna.uz/soch-ostirish/