Spermogramma natijasi

AvatarShaxzod soʻradi

Xurmatli doktor menda 25 yoshlarimda chap moyakda 2 darajali varekosel aniqlangandi, u paytlar bo’ydoq bo’lganim va varekosel hech qanday halaqt bermagani uchun operataiya qildirmagandim. Yaqinda uylandim 3 oy bo’ldi, ayolimda homiladorlik kuzatilmagach menda bezovtalik paydo bo’ldi va o’rologga borib urug’imdi spermogramma qildirdim, urug’ 13% o’lik, 87%( 42% aktiv harakatchan, 20 % o’rtacha harakatchan va 25% harakatsiz) chiqdi. urug’ chuziluvchanligi 4 sm chiqdi. Qolgan ko’rsatgichlar joyida ekan, urolog havotirga o’rin yo’qligini aytdi va faqat vitaminlar yozib berdi, men vareksel ekanimdi aytsam ham hech qisi yuq hali yosh oila ekansizlar bezovtalikga o’rin yo’q deya javob berdi. Ammo uzimda shubha paydo bo’ldi, menimcha urolog meni tushkinlikga tushmasin deb shunday deganday tuyildi. Savolim shuki ushbu spermogramma kursatgichlarini varekoselga aloqasi bormi? Varekosel spermaga tasir qilganmi? Operatsiya qilib oldirganim maqulmi yoki yana 3-4 oy sabir qilishim kerakmi?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...