Tishda juda kuchli ogʻriq

AvatarБахром soʻradi

Assalomu alaykum doktor. Mening yoshim 23 da rossiyadaman juda qiynalyabman tish ogʻrigʻidan doktorga boray desam juda qimmat ekan iltimos savolimni yerda qoldirmanglar.

Ogʻiz ichi chap taraf yeng oxirida pastki qismida shish paydo boʻldi ogʻriki juda yomon kechasi uyqu bermaydi, xuddi biror narsa oʻsib chiqayotganday yoki biror narsa ichida qolib ketganday boʻlyapti non chaynash ovqat yeyish juda qiyin faqat suv ogʻriqsiz oʻtadi. Milkimda boshqa tishlarim joyidan siljib tepa bilan past bir biriga avvalgiday tegmayapti javob uchun oldindan rahmat

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Yozganingizga qaraganda sizda “aql tishi” chiqmoqda. Odatda bu tishlar 17-30 yoshlarda chiqishni boshlaydi. Va koʻpincha kuchli ogʻriq bilan kuzatiladi. Baʼzan aql tishi oʻsish uchun notoʻgʻri yoʻnalish tanlaydi va qoʻshni tishlar, milk va baʼzida yuz suyaklariga xavf tugʻdiradi. Aql tishning yorib chiqishi va oʻsishi uzoq davom etadi, koʻpincha ogʻriq va yalligʻlanish bilan kechadi. Bundan tashqari, bu tish etni yorib chiqa olmasa, ogʻiz boʻshligʻida notoʻgʻri yoʻnalish tanlasa, muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun ham stomatolog qabuliga borishingizni tavsiya qilamiz. Vaqtincha, ogʻriq yoki yalligʻlanish holatida uy sharoitida yuzga sovuq kompress qoʻyish, ogʻizni dorivor oʻtlar bilan yoki milk yalligʻlanishini kamaytiruvchi infeksiyaga qarshi kurashuvchi antiseptik vositalar bilan chayish, yalligʻlanishga qarshi dorilar va ogʻriq qoldiruvchi analgetiklar qabul qilish mumkin.