Tovon qismi

AvatarSherzod soʻradi

Chap oyog’imni tovon qismi sovuqli kunlarda  yurganimda kuchsiz og’riq tomir tortishimi yoki paylar qisilishimi bilmadim xullas oyog’imni bosish qo’rqib qolaman. Buni sababi nima bo’lishi mumkin?

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Tomirlar tortishishiga quyidagi omillar sabab boʻlishi mumkin:

Harorat oʻzgarishi. Sovuq suvda choʻmilganda yoki kunning sovuq vaqtida mushaklar birdan tortishib qoladi. Shu sababli tomir va mushaklarda tortitish paydo boʻladi.

Vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi. Masalan magniy, kalsiy, kaliy, D vitamini nerv tolalari boʻylab impuls oʻtkazish ahamiyatiga ega. Ularning yetishmasligi impulslar oʻtishi hamda mushaklar harakatini buzadi. Mikro va makroelementlar yetishmovchiligiga esa notoʻgʻri ovqatlanish, zararli moddalarning koʻpligi (nikotin, kofein, tanin va shakar), oqsilli parhez, dori vositalari qabuli, ozuqalarni oʻzlashtira olmaslik kabilar sabab boʻlishi mumkin.

Stress. Ruhiy zoʻriqish vaqtida eng koʻp zoʻriqish mushaklardagi nerv uchlariga tushadi. Bu esa mushaklar qisqarishiga olib keladi. Shuningdek kortizol gormoni oshib ketishi ham mikro va makroelementlar miqdori kamayishiga, ayniqsa kalsiy kamayishiga olib keladi. Kalsiy yetishmasa tortishish paydo boʻladi.

Jismoniy zoʻriqish. Sport bilan shugʻullanish vaqtida koʻp jismoniy mehnat qilish, mashgʻulotdan oldin mushaklarni qizdirib olmaslik, ogʻir bir xildagi jismoniy harakatlar ayrim mushaklarning ortiqcha ishlashiga, quvvatining notoʻgʻri taqsimlanishiga olib keladi. Shuning uchun jismoniy faoliyat vaqtida tortishish yuzaga keladi.

Suvsizlanish. Koʻp terlaganda mikroelementlar koʻp yoʻqoladi. Bu esa mushaklar qisqarishiga taʼsir qiladi. Shu sababli kuniga kamida 2.5 litr suyuqlik ichish lozim.

Modda almashinuvi buzilishi. Oyoq panjasidagi tomirlar va barmoqlar tortishishiga tanadagi modda almashinuvi buzilishi, tomirlar aterosklerozi va qandli diabet sabab boʻlsa, panja tortishishiga nerv buzilishlari va yassioyoqlik sabab boʻladi. Qulay oyoq kiyim kiyganda bu tortishishlar kuzatilmaydi.

Kasalliklar. Turli tomir kasalliklari, jarohatlar tortishishning eng koʻp sababchisidir. Bunday holatlarda endokrinolog, nevropatolog, flebolog va boshqa mutaxassislar bilan maslahatlashib davo muolajalarini qabul qiling.