Tugʻma yurak parogining farzandlarga taʼsiri

AvatarZarina soʻradi

Assalomu aleykum yoshim 23da tugʻulganimda tugʻma yurak parogining bilan tugʻilganman.7yil avval jarrohlik muolajasini oʻtkizganman.

Hozir sogʻligimda xech qanday muammo yoʻq. Shu holatim bilan turmushga chiqishim mumkunmi, turmushga chiqsam farzandlarimni sogʻligiga taʼsir qilmaydimi. Javob uchun oldindan rahmat.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
Eng sara javobni tanlang
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Tugʻma yurak nuqsonini operativ yoʻl bilan davolangach, uning turiga, jarrohlikdan soʻngi asoratlar kuzatilmaganiga, bemorning umumiy ahvoliga qarab homilador boʻlish kardiolog va ginekolog bilan maslahatlashgan holatda koʻrib chiqiladi. Homiladorlik muammolarsiz, asoratlarsiz kechayotganligini, homila nuqsonlarsiz shakllanayotganligini bilish maqsadida ginekolog, kardiolog, tibbiy genetik nazorati ostida homiladorlikni oʻtqazish tavsiya etiladi. Kasallik bolalaringizga irsiylanish ehtimolligi mavjud. Shuning uchun ham homiladorlik davomida tibbiy genetik qabulida boʻlishingiz tavsiya qilamiz.