Tug’ruqdan keyingi ozg’inlik

SavollarMavzu: GinekologiyaTug’ruqdan keyingi ozg’inlik
AvatarShohista soʻradi

Assalomaleykum. Yoshim 23 da. 1 ta farzandim bor. Homiladorlik paytida ancha to’lishdim. Tug’ruqdan so’ng nihoyatda ozib kettim. Spiral qo’ydirganman. Aytingchi spiral ozdirishi mimkinmi? Spiralni oldirsam qanday bezarar preparatlar qabul qilsam bo’ladi homilador bo’lmaslik uchun (erim prezervativni yoqtirmaydi)

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Spiral ozish uchun sabab bo’lmaydi. Agar boshqa himoya vositalaridan foydalanishni istasangiz, ginekolog bilan maslahatlashing. Tug’ruq vaqtida 5-6 kg.ga, bir necha kundan keyin esa 2-3 kg.ga vazn yo’qotiladi. Hamda emizish davomida ayol yana vazn yo’qota boshlaydi. Kamdan-kam holatlarda ayollar tug’ruqdan keyin keskin ozib ketish kuzatiladi, va bu tug’ruqdan keyingi depressiya, gormonal o’zgarishlar va ishtahaning pasayishi fonida paydo bo’ladi.