Tutqanoqni oldini olish

SavollarMavzu: NevropatalogiyaTutqanoqni oldini olish
AvatarAkbar soʻradi

Assalomu Alaykum! Sizga yoʻllayotgan xatim xozirda 31 yoshdaman. 8 yoshdan buyon tutqanoq kasalligi boʻyicha davolanmoqdaman. Yaqinda ichim ogʻriganidan yurak va qornimga taʼsir qilib, tutqanoqlar kuchayib ketdi. Keyin ichimni tekshirtirsam. Shu vaqtgacha ichgan dorilarim tufayli 12 barmoq ichagimda yaralar kelib chiqibdi. Shu tufayli ham barcha ogʻriqlar sabab, tutqanoq boshlanib ketmoqda. Menga maslaxatlaringizni ayamasligingizni soʻrab. Ser shaxllikdan, kuchli hayajon, koʻcha-kuyda yoqimsiz har xil xidlarga chiday olmayoyapman. Ayniqsa charchaganda. Menga qaysi dorilardan ichishni yoki tabobat giyohli dava oʻtlaridan yordamingizni berishingizni iltimos qilaman. Barchangizga katta raxmatlar tilab qolaman.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
ATFATF javob berdi

Oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligiga sabab boʻluvchi faktorlar juda ham koʻp. Shulardan biri, uzoq muddat dori preparatlarini qabul qilish. Yara kasalligini davolash uchun gastroenterolog bilan hamda davolovchi nevropatolog vrachingiz bilan maslahatlashing. Nevropatolog yara kasalligini hisobga olib, davolash olib boradi.