Umurtqa churrasi (Grija)

SavollarMavzu: NevropatalogiyaUmurtqa churrasi (Grija)
AvatarSherali soʻradi

Assalomu alaykum, yaxshimisiz doktor savolim bor edi. 5-6 kun onamni oyoqlari og’ridi ikki oyoqlariyam ko’proq chap oyoqlari. Doktorga elttik keyin tomagrafiya qildi. Umurtqa qiyshayishi va ikkita kichkina grijja paydo bo’layotgan ekan doktorlar aperatsiya qilamiz dedi, onamni yoshlar katta onamni yoshlariga aperatsiya tugri kelmaydi. Hozi hudoga shukr ancha yaxshilar og’riqlar yo’q, bemalol yuribdilar doktor sizdan iltimos aniqroq va to’liq maslahat bering iltimos qanday davolsak bo’ladi

Oldindan KATTA RAHMAT

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/ATFuz
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Tekshiruv vaqti aniq­langan churra o‘lchamiga ko‘ra dori preparatlari hamda fiziomuolajalar buyuriladi. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari yordamida belgilangan muolaja har bir bemorning turmush tarzi, mehnat faoliyati va tana vazniga ko‘ra individual tarzda amalga oshiriladi. Muolaja davomiyligi ham farqlanishi mumkin.
Churra hajmi kattalashib, og‘riq zo‘rayib borsa, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi mumkin. Albatta muolajadan avval zarur tibbiy tekshiruvlar amalga oshiriladi. Mazkur amaliyot asosan disk churrasini olib tashlab, orqa miyani ozod etish va umurtqa pog‘onasi barqarorligini ta’minlash maqsadida bajariladi.