Oʻt pufagi kasalliklari

AvatarAbdulatif soʻradi

Assalom hurmatli shifokorlar. Avvalo javobingiz uchun rahmat. Savolim shuki meni oʻt qopim bukulish bor ekan UZI apparatida tekshirdim. Bunga uy shroitida davolasa boʻladimi. Koʻkragim osti va orqa kuraklarim ogʻriyabdi.

Telegram kanalimizga qoʻshiling! Kanalimiz manzili: https://t.me/joinchat/AAAAAEOJEaWcMt3jyMV4eQ
loading...
1 ta javob
AvatarAvitsenna.uz jamoasi javob berdi

Oʻt pufagi normada ham bukchaygan boʻlib turadi. Agar ortiqcha bukchaysa, bu safroni qurib qolishiga olib keladi, bu esa safro ichidagi tuzlarni bir-biriga yopishtiradi va qum hosil boʻladi, qumlar esa birlashib toshga aylanadi. Agar toshga kalsiy moddasi “oʻtirsa” bu toshni eritib boʻlmaydi va operativ yoʻl bilan oʻt qopi bilan birga olib tashlash kerak boʻladi. Davolash – spazmolitiklar, parhez, koʻp piyoda yurish kerak. Tavsiyamiz terapevtga koʻrining.